Ijtimoiy tarmoqlarda “O`zbekiston futbolida bunaqasi bo`lmagan” sarlavhali xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyat futbol assosiasiyasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, Surxondaryo viloyat futbol assosiasiyasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 maydagi “Hududiy futbol assosiasiyalari faoliyatini yanada qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 311-sonli qarorining 2-bandida, har bir shahar va tumanlardan kamida bitta futbol jamoasi 2-liga musobaqalarini ishtirokini ta`minlash, viloyatda ommaviy futbolni rivojlantirish ushbu qaror ijrosini ta`minlash maqsadida, 2021 yil 17 avgustdagi 54-sonli buyruq asosida (buyruq ilova qilinadi) viloyat birinchiligi musobaqalariga start berildi.
Musobaqa boshlanish oldidan barcha jamoa rahbarlari, trenerlar ishtirokida qur`a tashlash marosimi o`tkazildi va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilib, qur`a natijalari asosida o`yinlar jadvali tuzilib barcha jamoalarga etkazildi.
Hozirgi kunga qadar 7-tur uchrashuvlari o`tkazildi. Barcha uchrashuvlar imkon doirasida internet orqali namoyish etilmoqda.
2021 yil 4 oktyabr kuni Boysun tumanida 6-tur qoldirilgan "Boysun-1975" FK (Boysun tumani) - "Qumqo`rg`on 1977" FK (Qumqo`rg`on tuman) uchrashuvi o`tkazildi. O`yin Yotube kanali orqali namoyish etildi. Ushbu o`yin Qumqo`rg`on tuman hokimi o`rinbosarining 2021 yil 20 sentyabrdagi 06-08/58-sonli xatiga asosan boshqa muddatga ko`chirilgan edi, aslida uchrashuv 25 sentyabrga belgilangan. Ushbu uchrashuv yakunidan keyin Viloyat futbol assosiasiyasi tashkiloti nomiga ushbu musobaqalarni o`tkazish yuzasidan Qumqo`rg`on tumani fuqarosi tomonidan yozilgan maqolada hozirgi kunda Surxondaryo viloyatidan yagona attestasiyaga ega bo`lgan hakam Rustam Choriev viloyat futbol assosiasiyasining 2021 yil 2 oktyabrdagi 76-sonli buyrug`i asosida tayinlangan, barcha o`tkaziladigan uchrashuvlar vaqti, tayinlangan hakamlar telegram kanali orqali yoritilib boriladi. Musobaqalar shaffof ravishda o`tkazilmoqda, hakamlar uchrashuv nazoratchilariga o`yinlar davomida adolatli o`tkazish yuzasidan ko`rsatmalar berilmoqda.
"Ming afsuski, bir necha yildan buyon viloyatda ommaviy futbol musobaqalari o`tkazilmay qolgandi, 2020 yildan buyon 2-liga saviyasini ko`tarish, kelajakda “Surxon” PFK bilan birga “PRO" liga 1-liga jamoalari safiga yana bir jamoani tashkil qilish, ommaviy futbol orqali bolalar futbolini rivojlantirish bizning asosiy maqsadimizdir.
Ijtimoiy tarmoqlarda “O`zbekiston futbolida bunaqasi bo`lmagan” sarlavha asosida chiqarilgan videomaterialda aytilishicha, Boysun tumani hokimi Asqarali Jo`raev “O`o`o`o` Zoyir teginma mexmonlarga, u madaniyasiz bo`lsa sen jim tur” degan so`zlari noto`g`ri talqin qilingan.
Aslida,Tuman hokimi voqealikga qarab turib, futbolchining qilgan ishiga javoban “Futbolchi madaniyasiz bo`lsa, biz madaniyatlimiz” deya ta`kidlagan. Shundan so`ng IIB hodimlari futbolchini qo`yib yuborishgan. Endi aytingchi, “O`zbekiston futbolida bunaqasi bo`lmagan” sarlavha ostida chiqarilgan materialda, hokimning gaplaridan iqtibos keltirib, odamlarni boshqaruv organlariga, viloyat futbol assosiasiyasiga, qolaversa O`zbek futboliga nisbatan odamlarda ishonchislik tuyg`usini uyg`otuvchi noholis yondashish emasmi?
Bizningcha: Tuman hokimining bu holatga aralashishi hokimning sportga bo`lgan e`tiborini, sportga tushunchasi borligini va sportchini jazolash emas, unga yordamlashish kerakligini ko`rsatib berdi.
Surxondaryo viloyat futbol assosiasiyasi “Blogger” va “Ommaviy axborot vositalari hodimlari” uchun doimo ochiq. Har qanday savollaringiz va e`tirozlaringizga doimiy ravishda javob berishga tayyormiz !
Eslatib o`tamiz! O`zbekiston Respublikasida yolg`on ma`lumot tarqatish, ijro organlari faoliyatini qadrsizlantiruvchi asossiz xabarlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo`ladi", - deytladi rasmiy abyonotda.