Toshkent viloyatida 35 000 evaziga xo`jalik erining hujjatini to`g`irlab berishni va`da qilgan shaxs ushlandi.
Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.R. “U.” fermer xo`jaligiga ajratilgan er maydonining 6 sotixini fuqaro S.ga 35 000 AQSh dollariga firibgarlik yo`li bilan sotishga kelishib, er maydoni hujjatlarini tanishlari orqali to`g`rilab berishni va`da qilib oldindan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.






