AsosiyJamiyat

Samarqand aeroporti vaqtincha yopilаdi

'Samarqand aeroporti vaqtincha yopilаdi'ning rasmi

«Uzbekistan Airports»ning xabar berishicha, 2021 yil 20 oktyabrdan 20 noyabrgacha Samarqand xalqaro aeroporti yangi aerodrom majmuasini ishga tushirishga tayyorgarlik ishlari munosabati bilan parvozlarni vaqtincha to`xtatadi.

 

Xabarda aytilishicha, barcha reyslar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlari - "Navoiy", "Buxoro", "Qarshi"ga yo`naltiriladi, bu erdan yo`lovchilar uchun Samarqandga er usti transferi tashkil etiladi.

 

Ayni paytda uzunligi 3105 metr, kengligi 60 metr bo`lgan yangi uchish -qo`nish yo`lagining qurilishi to`liq yakunlandi. Bir oy ichida taksi yo`llarini yangi uchish - qo`nish yo`lagi va apron bilan bog`lash bo`yicha ishlar olib borilishi kerak.

 

Eslatib o`tamiz, 2022 yilda bo`lib o`tadigan ShHT sammitiga tayyorgarlik doirasida Samarqandda yangi aerodrom majmuasi qurilishi davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar