O`zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 1 yilda 14,5 % ga ko`paygan.
Davlat statistika qo`mitasi bu haqda ma`lumot berdi.
Unga asosan, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo`lgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etgan. Bu 2020 yilga nisbatan 14,5 % ga ko`p.
So`nggi 5 yilda aholiga tegishli bo`lgan jami avtotransport vositalari soni:
- 2015 yilda – 2 109 185 ta;
- 2016 yilda – 2 191 231 ta;
- 2017 yilda – 2 273 419 ta;
- 2018 yilda – 2 440 276 ta;
- 2019 yilda – 2 580 133 ta;
- 2020 yilda – 2 955 295 ta.
Qayd etilishicha, bugungi kunda 100 ta uy xo`jaligiga o`rtacha 50 ta engil avtomobil to`g`ri keladi.