AsosiyJamiyat

"O`zsuvta`minot AJ" aholi murojaatlari bilan qanday ishlaydi?

'"O`zsuvta`minot AJ" aholi murojaatlari bilan qanday ishlaydi?'ning rasmi

"O`zsuvta`minot AJ" aholi murojaatlari bilan qanday ishlaydi?

Mutasaddilar ushbu savolga javob berishdi.

 Qayd etilishicha, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi va uning tasarufidagi mas`uliyati cheklangan jamiyatlarida, O`zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida»gi O`RQ-445- son Qonuniga ko`ra tashkil etilgan.

 Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining markaziy apparat tarkibida 2 ta birlikdan iborat Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo`limi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy suv ta`minoti mas`ulyati cheklangan jamiyatlarida ham alohida bo`limlar faoliyat yuritadi.

 Murojaatlarni tezkor ravishda va o`z vaqtida hal etishning amaldagi tizimi quyidagilarga asoslangan: 

  • Birinchidan, har kuni soat 17:00 ga qadar Devonxona tomonidan kun davomida kelib tushgan murojaatlarning kunlik harakati to`g`risida arizalar mualifi kesimida ma`lumotlar shakllantirilib, ko`rib chiqiladi va 18:00 ga qadar raisga hisobot beriladi. 
  • ikkinchidan, murojaatlarni ijro holati markaziy apparatda haftaning Dushanba kuni Rais xuzurida, juma kunlari boshqaruv raisi birinchi o`rinbosari boshchiligida batafsil har bir ariza kesimida muhokama qilinadi.

"Shuningdek, “O`zsuvta`minot” AJ tizimida bugungi kunda aholi murojatlarni qabul qilish uchun 1255 yagona qisqa raqam, ichimlik suv ta`minoti va oqova xizmati ko`rsatish sohasida sodir bo`ladigan avariyalarni bartaraf etish bo`yicha 1054 qisqa raqami, MChJ va tuman bo`limlarini “call center” lari, ijtimoiy tarmoqlar (facebook, Instagram) hamda sohadagi mavjud muammolarni o`rganish va ularni bartaraf qilish uchun telegram chati ishga tushirilgan",-deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar