AsosiyJinoyat

Toshkentda valyutani noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo`lganlar ushlandi

'Toshkentda valyutani noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo`lganlar ushlandi'ning rasmi

Toshkentda valyutani noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo`lganlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi. 

Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishini oldini olish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar D.U. va O`.M.lar valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko`zlab, jami 10 000 AQSh dollarini fuqaro D.ga 107,5 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar