O`z saylovoldi nutqida amaldagi prezident Shavkat Mirziyoev Chiroqchi tumani negizida yana bir tuman va Shahrisabz tumani markazida tuman markazi tashkil etish taklifini ham berdi, deya ma`lum qildi “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
Chiroqchi tumani hududi 2,8 ming kvadrat kilometr bo`lib, viloyatning salkam yarim million aholisi ushbu tumanda yashaydi. Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarga ko`ra, odamlar o`zining kundalik muammolarini hal qilish, davlat idoralariga borish uchun 2-3 soatlab vaqt sarflaydi. Shuningdek, tuman ichida jamoat transporti rivojlanmagani oqibatida, odamlarning markazga kelishi uchun, bir nechta transportdan foydalanishi, bunga 50 ming so`mgacha xarajat qilishga majbur.
“O`z paytida tuman Chiroqchi va Ko`kdala hududlariga bo`lingan edi. Shu bois, ko`plab aholining murojaatlarini inobatga olib, ushbu tuman negizida Chiroqchi va Ko`kdala tumanlarini tashkil etsak, nima deysizlar?”, - dedi Shavkat Mirziyoev.
Bundan tashqari, haligacha Shahrisabz shahrida qolayotgan Shahrisabz tumani markazini Chorshanba shaharchasiga ko`chirib, uni rivojlantirish bo`yicha alohida dastur qabul qilish taklifi ham berildi.
Mavzuga doir:






