AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ayollar ko`pmi yoki erkaklar? "Statqo`m" aniqlik kiritdi

'O`zbekistonda ayollar ko`pmi yoki erkaklar? "Statqo`m" aniqlik kiritdi'ning rasmi

O`zbekistonda ayollar ko`pmi yoki erkaklar? Bu savol barchani o`ylantirishi tabiiy.

"Statqo`m" ham ko`pchilik ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bir yigitga nechta qiz to`g`ri kelishiga oid izohlar qoldirishayotganligini ta`kidlamoqda. 

 Xabarga ko`ra, so`nggi yillarda o`g`il bolalar tug`ilishi ko`paygan. Aynan shuning hisobiga respublikada ayollar soniga nisbatan erkaklar soni oshgan.

Statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning 1 oktyabr holatiga O`zbekistonning doimiy aholisi soni  35 079 190 kishini tashkil etmoqda.

  • AYoLLAR SONI – 17 432 730 nafar;
  • ERKAKLAR SONI – 17 646 460 nafar


Ma`lumot uchun, erkaklar soni ayollarga qaraganda 213 730 nafarga ko`p.

    Boshqa yangiliklar