AsosiyDunyo

Gaitida 17 nafar amerikalik jinoyatchilar tomonidan o`g`irlab ketildi

'Gaitida 17 nafar amerikalik jinoyatchilar tomonidan o`g`irlab ketildi'ning rasmi

Gaiti poytaxti Port-o-Prensda jinoyatchilar to`dasi 17 nafar amerikalik missioner va ularning oila a`zolarini o`g`irlab ketishdi. Bu haqda New York Times xabar bermoqda.

 Qayd etilishicha, o`g`irlab ketilganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Missionerlar aeroportga ketayotgan avtobusdan o`g`irlangani ma`lum qilinmoqda.

 NYT telekanali xabarida aytilishicha, Gaitidagi og`ir vaziyat 2019 yilda boshlangan. Boy va kambalag`al aholini ham o`g`irlash holati tez-tez kuzatilmoqda. Bundan tashqari, 2021 yilning iyulida prezident Jovenel Moiz o`z qarorgohida o`ldirilgan. 

Avgust oyida esa mamlakatda yuz bergan kuchli zilzila tufayli aholining turmush tarzi yanada og`irlashgan va jinoyatchilik avj oldi.

           Izzatbek Abduvahobov

Boshqa yangiliklar