Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVing Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro D.X. boshqa bir fuqaro N.ning qadr-qimmati va obro`siga putur etkazishi mumkin bo`lgan fotosurat va videolarni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqatib yuborishi bilan qo`rqitib, evaziga undan tovlamachilik yo`li bilan 30 mln so`m talab qilib, elektron to`lov tizimi orqali tanishi D.ning plastik kartasiga 29,7 mln so`mni o`tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga tegishliligi bo`yicha yuborilgan.