Germaniyaning Bexen shahri yaqinidagi o`rmonga “Robinson R44” vertolyoti qulab tushishi oqibatida uch kishi halok bo`lgan. Bu haqda DPA xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, vertolyotning parchalangan qoldiqlari yuzlab metrlargacha sochilgan. Uning ayrim qismlari daraxtlar orasiga yopishib qolganligi aytilmoqda. Halok bo`lganlarning biri vertolyot qulagan joydan 50 metr uzoqlikdagi masofadan topilgan.
Voqea joyiga etib kelgan qutqaruvchilar va polisiya xodimlari halok sabablarini o`rganmoqda.