Rossiya Federasiyasining davlat xizmatlari portalida 2022 yilda uchta yangi xizmatni ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Ushbu xizmatlardan biri bo`lgan «Onlayn mehnat migrasiyasi» orqali Rossiya hududidagi bo`sh ish o`rinlarini izlash, ish beruvchi vakillari bilan onlayn suhbatdan o`tish va mehnat shartnomalarini tuzish ko`zda tutilmoqda.
Rossiya bosh vaziri o`rinbosari D.Chernshenkoning ma`lum qilishicha, «Onlayn mehnat migrasiyasi» xizmati doirasida shuningdek, xodimlar va ish beruvchilar o`rtasida elektron hujjat aylanishi hamda aholi bandligiga ko`maklashish sohasida kompleks elektron xizmatlar ishga tushiriladi.