AsosiyDunyo

Rossiyada 62 yoshli o`zbekistonlik erkakning jasadi topildi

'Rossiyada 62 yoshli o`zbekistonlik erkakning jasadi topildi'ning rasmi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 62 yoshli o`zbekistonlik erkakning jasadi topildi. Bu haqda «Nevskie Novosti» manbalariga tayanib "Bugun.uz"  xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, erkakning jasadi o`z mashinasida ikki ko`cha chorrahasidagi hududda aniqlangan. Huquq-tartibot bo`linmalari dastlabki tergov natijalariga ko`ra, marhumning O`zbekiston fuqarosi ekani va ilgari sudlanmagani ma`lum bo`lgan.

Qayd etilishicha, mashinada jasad borligi haqida polisiyaga 11 oktyabr kuni soat 15:35 da xabar qilingan. Tashqi tekshiruvlar paytida jasadda qotillik izlari topilmagan.

    Boshqa yangiliklar