1

Koronavirusga chalingan onadan kasallik tug`ilajak bolaga o`tadimi?

Salomatlik 26.10.2021, 13:50
Koronavirusga chalingan onadan kasallik tug`ilajak bolaga o`tadimi?

Ushbu savolga Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o`rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Kamola Solihova javob berdi.

— So`nggi xulosalarga ko`ra, koronavirus yo`ldosh to`sig`i orqali o`ta olmaydi va shu tufayli homila ushbu kasallikdan himoyalanadi. Bu jihatdan infeksiya homilador ayollar uchun grippga qaraganda kamroq xavfli hisoblanadi. Ya`ni, tug`ilgan go`dakka dunyoga kelganidan keyin koronavirus yuqmasa, u bola sog`lom dunyoga keladi.

Biroq shunday bo`lsa-da, shifokor sifatida ona bo`lishni rejalashtirayotgan ayollarimizga homiladorlikdan avval “COVID-19”ga qarshi emlanishlarini tavsiya qilaman. Bu bilan ular nafaqat o`zlari, balki tug`ilajak farzandini ham koronavirus infeksiyasidan asraydi, deya izoh berdi mutaxassis. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1