AsosiyJamiyat

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda o`tgan yilga nisbatan 3 barobar ko`p qonunbuzilish holatlari aniqlandi

'Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda o`tgan yilga nisbatan 3 barobar ko`p qonunbuzilish holatlari aniqlandi'ning rasmi

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko`rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida  o`tkazilgan 6 ta o`rganish va 6 ta monitoring bo`yicha jami 46 ta tashkilotlar tekshirilib, 2 703 ta davlat xizmatlarini ko`rsatish sohasidagi qonunbuzulish holatlari aniqlandi. 

2020 yilning shu hisobot davriga solishtirilganda o`rganish va monitoring 3 barobar ko`p (2020 yil hisobot davrida 2 ta) tekshirilgan tashkilotlar 3 barobar ko`p (2020 yil hisobot davrida 15 ta); qonunbuzulish holatlari aniqlash bo`yicha 4 barobar ko`p (2020-yil hisobot davrida 636 ta) aniqlangan.

Mazkur qonun buzilishlarning aksariyati ya`ni, 886 tasi er resurslari va davlat kadastri; 284 tasi DSENM, 34 ta soliq organlari, 847 tasi kommunal xizmat ko`rsatuvchi idoralari, 61 tasi O`ztransgaz AK, 136 tasi O`zbekenergo AJ, 49 tasi sog`liqni saqlash, 111 tasi qurilish va arxitektura idoralari, 95 tuman (shahar) hokimliklari, 177 tasi boshqa tashkilotlarning hissasiga to`g`ri kelmoqda.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 100 ta taqdimnoma (2020 yil 102 ta), 266 ta ogohnoma (2020 yil 230 ta) kiritildi, shuningdek 202 ta ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan (2020 yil 83 ta).

Aniqlangan qonun buzilishlarga nisbatan qullanilgan ta`sir choralarini tahlil qilganimizda, 2703 ta aniqlangan qonun buzulishiga 568 ta ta`sir chorasi qullanilgan bo`lib 21 % tashkil qilmoqda. 2020-yilning hisobot davriga solishtirilganda ushbu ko`rsatkich 636 ta qonun buzulishga nisbatan 415 ta ta`sir choralari ko`rilgan bo`lib, 65% tashkil qilgan.

    Boshqa yangiliklar