O`zbekistonda koronavirusdan kasallanish soni ortmoqda.
Kecha 400 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan bo`lsa, birgina Toshkent shahrida 150 nafarga yaqin bemor qayd etilgan. Shuningdek, 4 nafar kishi pnevmoniyaga chalingan.
SSVning xabariga ko`ra, 2021 yil 28 oktyabr holatiga O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 185295 (+390) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 6 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 17 nafari Andijon viloyatida,
- 12 nafari Buxoro viloyatida,
- 13 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 20 nafari Namangan viloyatida,
- 28 nafari Samarqand viloyatida,
- 11 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 24 nafari Farg`ona viloyatida,
- 22 nafari Xorazm viloyatida,
- 88 nafari Toshkent viloyatida,
- 140 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2021 yil 28 oktyabr kuni 4 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 27636 nafarga etdi. Kecha ularning 4 nafari sog`ayib, umumiy sog`ayganlar soni 26121 nafarni tashkil qilmoqda.






