Joriy yilning 20 oktyabr kuni Sherobod tumani Mehnatobod mahallasidan o`tuvchi hududda ayanchli YTH sodir bo`ldi.
1994-yilda tug`ilgan haydovchi Toshkent-Termiz yo`lidan harakatlanib kelayotgan vaqtida beton to`siqqa borib urilgan.
Viloyat IIBning xabariga ko`ra, bunga tezlikni me`yordan ortiq oshirilishi sabab bo`lgan.
Hodisa oqibatida haydovchi shu kunning o`zida shifoxonada vafot etgan. Yo`lovchi, 1996 yilda tug`ilgan M.I esa og`ir jarohatlar bilan tez tibbiy yordamgsha yotqizilgan.






