Joriy yilning 28 oktyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov Buyuk Britaniyaning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Tim Torlotni qabul qildi. Bu haqda agentlik "Darakchi"ga ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda agentlik va diplomatik vakolatxona o`rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.
Shuningdek, ma`lumotga ko`ra yig`ilishda Hukumatlararo Hamkorlik Xizmatining O`zbekistondagi Loyihalar menejeri Maykl Gallaxer ham (onlayn) ishtirok etgan.
Yakunda agentlik, Buyuk Britaniyaning O`zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi va Hukumatlararo Hamkorlik Xizmati o`rtasida o`zaro anglashuv Memorandumi imzolangan, tomonlar kelgusida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishishgan.
Endilikda memorandum doirasida davlat organlari hisobdorligini oshirish, ochiqlik va shaffofligini ta`minlash, davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish hamda idora faoliyatida ma`lumotlar bilan ishlash va samarali boshqaruv kabi masalalar bo`yicha hamkorlik qilinadi.






