O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun Farg`ona vodiysida kunning ikkinchi yarmida biroz yomg`ir yog`adi, Toshkent viloyatida esa kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda biroz shivalama yomg`ir yog`ishi mumkin. Tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir va qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi. Havo harorati 8-13 daraja iliq atrofida bo`ladi. Bu oktyabr oyi oxirgi kunlari me`yoridan 4-5o pastdir.
Ertaga O`zbekistonda bulutlilik nisbatan kam bo`ladi, yog`ingarchilik hatto tog`li hududlarda kutilmaydi. Kechasi sovuq bo`ladi, kechasi va ertalab harorat 0-3o iliqgacha pasayadi, kunduz kuni esa quyosh havoni 16-19daraja iliqgacha isitadi.
Yakshanba kuni respublika bo`yicha havoda yana bulut ko`payishi kutilmoqda, O`zbekistonning ayrim hududlarida biroz yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor, tog`larda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Havo harorati kechasi 2-7daraja iliq, kunduzi 12-17daraja iliq atrofida bo`ladi.






