AsosiyJamiyat

Toshkentda xushidan ketib, uyida qolib ketgan ayol qutqarib olindi

'Toshkentda xushidan ketib, uyida qolib ketgan ayol qutqarib olindi'ning rasmi

Internet tarmog`ida Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari uyida hushini yo`qotgan ayolga yordam ko`rsatayotganlari aks etgan video tarqaldi.

Holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 22 oktyabr kuni taxminan soat 15:30 da Uchtepa tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarda shu tumanda yashovchi 71 yoshli Valentina G.dan qo`shnilar xavotirda ekanligi va unga tibbiy yordam zarur bo`lishi mumkinligi, shuning uchun xonadonga kirishda yordam so`rashgan.

Ko`rsatilgan manzilga patrul-post xizmati xodimlari etib kelishdi. Valentina G. yolg`iz istiqomat qilishi va kalitining boshqa nusxalari yo`qligi ma`lum bo`lgach, ikkinchi qavatda joylashgan xonadonga deraza orqali kirishga qaror qilishdi.

Derazani sindirib ichkariga kirgan xodim ayolni hushsiz holda topdi. Zudlik bilan birinchi yordam ko`rsatilib, tez tibbiy yordam brigadasi chaqirilgach, Valentina G. shifoxonaga etkazildi.

Ayni vaqtda Valentina G.ning holati sezilarli yaxshilangan va shifokorlar unga uyga javob berishgan.

Toshkent shahar IIBB boshqalarning muammosiga befarq bo`lmagan fuqarolarga o`z minnatdorchiligini bildiradi.

    Boshqa yangiliklar