Jinoyat ishlari bo`yicha Jizzax viloyati Do`stlik tuman sudining sobiq raisi pora olishda gumonlanib, bir necha oydan buyon qidirilmoqda. Bu haqda Kun.uz o`z manbasiga tayanib xabar bermoqda. Bosh prokuratura bu ma`lumotni tasdiqlagan.
Xabar qilinishicha, sud raisi 11 ming AQSh dollari miqdorida pora olishda gumonlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Biroq sudya tergov organlaridan yashirinish maqsadida chet elga qochib ketgan. Shu tufayli unga nisbatan qidiruv e`lon qilingan. Uning ism-familiyasi Fazliddin Pardaev ekanini ma`lum qilingan.
Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning ma`lum qilishicha, jinoyat ishlari buyicha Do`stlik tumani sudi sobiq raisi ish yurituvidagi jinoyat ishi yuzasidan sudlanuvchiga engilroq jazo tayinlash evaziga advokat orqali muayyan miqdorda pora olishga qaratilgan xatti-harakat sodir etgani holati yuzasidan 2021 yil 29 mart kuni jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov Fazliddin Pardaev “faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo`l qo`ygani uchun” 2021 yil 5 aprel kuni viloyat JIB Do`stlik tuman sudining raisi vazifasidan ozod etilgan. Unga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha kengashda ma`lumot mavjud emasligi bildiildi.






