AsosiyJamiyat

“TikTok” da pichoq ko`tarib videoga tushgan tasvirni tarqatgan maktab o`quvchisi jarimaga tortildi

'“TikTok” da pichoq ko`tarib videoga tushgan tasvirni tarqatgan maktab o`quvchisi jarimaga tortildi'ning rasmi

TikTok ijtimoiy tarmog`iga maktab kiyimidagi voyaga etmagan bola turar-joy yaqinida pichoq ko`tarib yurgani aks etgan video joylangan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o`smirning bu hatti-harakati tarmoq foydalanuvchilarini xavotirga solgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan mazkur fakt bo`yicha tekshiruv o`tkazilgan. Aniqlanishicha, o`smir – 17 yoshli Z.N. Olmazor tumanidagi umumta`lim maktablardan birida bitiruvchi sinf o`quvchisi ekan. 

Ma`lum bo`lishicha, ta`lim muassasasi ma`muriyati ham yuqoridagi postga e`tibor qaratishgan. O`smirning otasi 44 yoshli Tojikiston Respublikasida tug`ilgan A.N. maktabga suhbatga chaqirilgan, ammo vaqti yo`qligini aytib, maktabga qarindoshini jo`natgan.

 Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 47-moddasi 1-qismi bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan. Fuqaro BHMning 2 baravari miqdorida jarimaga tortilgan. Bundan tashqari, holat to`g`risida ma`lumot Olmazor tumani Voyaga etmaganlar masalalari bo`yicha idoralararo komissiyaga jo`natilgan.

 

    Boshqa yangiliklar