AsosiyJamiyat

Toshkentda 63 yoshli ayolga nevarasi tengi yigitning shilqimlik qilgani bo`yicha rasmiy bayonot berildi

'Toshkentda 63 yoshli ayolga nevarasi tengi yigitning shilqimlik qilgani bo`yicha rasmiy bayonot berildi'ning rasmi

O`zbekistonda zo`ravonlikka qarshi "Sukut saqlama" loyihasi 63 yoshli ayol nevarasi tengi yigit tomonidan zo`ravonlikka uchragani haqida maqolani e`lon qilgan edi. Ushbu voqea Toshkent shahrida yuz bergan.

Unda aytilishicha, Marina Ivanovna  2021 yil 11 sentyabr kuni bir yigit tomonidan zo`rovonlikka uchragan. 18 sentyabr kuni jabrlanuvchi ayol huquq-tartibot organlariga murojaat qilib, sodir bo`lgan voqeani batafsil bayon qilgan. Ayolga 4 kun davomida turli erkaklarning suratlari ko`rsatilgan. 23 sentyabr kuni jabrlanuvchi IIBBga chaqirilib, yana bir necha kishilarning suratlari ko`rsatilgan. Ular orasida o`sha kungi yigitning ham surati bo`lgan. U voqea qayd etilgan kuzatuv kameralari orqali topilgan. Ayol unga hujum qilgan yigit ancha yoshligiga guvoh bo`lgan. U ayoldan undan, taxminan, uch baravar kichik bo`lib, tom ma`noda nevarasi tengi edi.

Surat orqali shaxsi aniqlangandan keyingina tezkor xodimlar jabrlanuvchiga tibbiy tekshiruvdan o`tishi kerakligini aytgan. «Nahotki tajribali tezkor xodim bunday tekshiruv imkon qadar tezroq o`tkazilishi kerakligini bilmaydi?», deb savol berilgan «Sukut saqlama» loyihasida. Ariza yozilganidan 6 kun, voqea sodir bo`lganidan esa qariyb 2 hafta vaqt o`tgan.

Tibbiy ko`rikdan so`ng ishni tergovchiga topshirish arafasida tezkor xodimlar jabrlanuvchi hali sud-tibbiy ekspertizasidan o`tmaganini eslaydi va uni sud-tibbiy ekspertiza markaziga yuboradi. Shifokor ayolni ko`zdan kechirib, uning holatini engil tan jarohati, deb baholaydi.

Ayol sud-tibbiy ekspertizadan qaytgach, uyiga gumonlanuvchi yigitning buvilari bo`lgan ikki ayol keladi va yig`lab, nevarasi mast bo`lganini aytib, uni kechirishni so`rab, yordam taklif qiladi. Marina Ivanovna buni rad etib, eshikni yopadi. Bir necha kundan so`ng uyiga gumonlanuvchining opasi bir erkak bilan keladi. Ayol ularga eshikni ochmay, ketishlarini so`raydi.

Ayol tergov keyin qanday davom etganini bilmaydi — uning cho`zilib ketganini saylovoldi jarayoni bilan izohlashadi. 21 oktyabr kuni Marina Ivanovna gumonlanuvchi bilan yuzma-yuz uchrashishga chaqiriladi.

Yigit va uning advokati voqeani umuman boshqacha izohlaydi: «Ayol yigitni haqorat qilgan, keyin esa sababsiz urgan. Yigit mast bo`lgani uchun hech narsani eslay olmaydi, biroq dastlab jabrlanuvchini sevgan qizi bilan adashtirib yuborgani esida». Advokatning so`zlariga ko`ra, Marina Ivanovna o`ziga o`zi zarar etkazgan bo`lishi mumkin. U, shuningdek, ayolni voqea joyida guvohlarni kutmaganlikda, 102  yoki 103 ga qo`ng`iroq qilmaganlikda ayblagan.

Tashkent shahar IIBB rasmiy bayonotida qayd etilishicha, pensioner ayolga nisbatan yosh yigit tegajoqlik qilganligi  yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo`limi tomonidan gumonlanuvchi 2001 yilda tug`ilgan A.Z.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Tergov yakuni bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinadi, - deyiladi bayonotda

    Boshqa yangiliklar