AsosiyJamiyat

Turkiya Qishloq xo`jaligi tadqiqotlari va siyosati institutining O`zbekistondagi filiali tashkil etiladi

'Turkiya Qishloq xo`jaligi tadqiqotlari va siyosati institutining O`zbekistondagi filiali tashkil etiladi'ning rasmi

Turkiya Qishloq xo`jaligi tadqiqotlari va siyosati institutining O`zbekistondagi filiali tashkil etiladi Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo`lib o`tgan O`simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova ishtirokidagi brifingda ma`lum qilindi.

Unda, O`simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti biolaboratoriyasida “Kaliforniya qalqondori”ning parazit entomofagi va “Makkajo`xori parvonasi”ning parazit entomofagi mahalliylashtirildi hamda ko`paytirish texnologiyasi ishlab chiqildi. Natijada zararli organizmga biologik usulda qarshi kurash imkoni paydo bo`ldi.

Bugungi kunda O`simliklar karantini va himoyasi agentligining “e-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yo`lga qo`yilgan bo`lib, 30 mingdan ortiq fermer va dehqon xo`jaliklarining er maydonlari qamrab olingan. Ushbu axborot tizimi eksportga ko`maklashuvchi “Assalam agro” elektron platformasi bilan integrasiya qilindi.

Shuningdek, Turkiya tajribasi asosida “e-Fitouz” tizimi orqali mineral o`g`it va pestisidlarni qo`llash zanjirining barcha bosqichlarining to`liq nazoratini ta`minlash uchun QR-kod elektron boshqaruv dasturi hamda “Fermer pasporti” elektron ma`lumot bazasi ishlab chiqilmoqda.

BMT Taraqqiyot Dasturi doirasida Farg`ona vodiysida 24 ta ”Agrometeostansiya” va 12 ta “Aqlli feromoni tutqich” o`rnatilib, “Fitokonsalting markazi” faoliyati pilot loyiha sifatida yo`lga qo`yildi. Respublika agrokimyoviy tahlil markazi tashkil etildi va uning hududlardagi filiallari bino-inshootlar bilan ta`minlandi hamda 9 ta hududda laboratoriya asbob-uskunalari o`rnatildi.

    Boshqa yangiliklar