O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiyaning milliy bayrami – Respublika e`lon qilingan kun munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdog`anga tabrik yo`lladi.
“Turkiya Respublikasi Siz, Janobi Oliylarining rahnamoligida barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishib, xalqaro maydonda munosib o`rin egallayotgani hamda katta obro` va e`tiborga ega qudratli mamlakatga aylanayotgani qardosh xalq sifatida bizni g`oyatda quvontiradi.
Hech shubhasiz, mushtarak maqsadlarimiz va birodar xalqlarimizning umumiy ravnaqi yo`lidagi qat`iy sa`y-harakatlarimiz orqali ko`pqirrali va uzoq muddatli munosabatlarimizni istiqbolda biz istagan va salohiyatlarimizga mos bo`lgan yanada yuqori darajaga olib chiqishga qodirmiz”, deyiladi jumladan davlatimiz rahbarining maktubida.
Prezidentimiz Turkiya etakchisi va oila a`zolariga sihat-salomatlik, yangi zafarlar, do`st turk xalqiga esa farovonlik va doimiy taraqqiyot tilagan.
29.10.2021 15:18
Shavkat Mirziyoev Turkiya xalqi va Prezidentiga tabrik yo`lladi






