AsosiyJamiyat

Namanganda maktab o`quvchisi YTН oqibatida vafot etdi

'Namanganda maktab o`quvchisi YTН oqibatida vafot etdi'ning rasmi

21 oktyabr kuni soat 15:00 larda, Uchqo`rg`on tumani Qumto`g`on MFY Yangiobod ko`chasida, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan fuqaro Neksiya-3 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat havfsizligini ta`minlay olmagan. 

Oqibatda yo`lni kesib o`tayotgan piyoda, Uchqo`rg`on tumanida yashagan, tumandagi maktabning 7-sinf o`quvchisi, 2008 yilda tug`ilgan bolani urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, velosipedchi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha Uchqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 21 oktyabr` kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar