AsosiyJamiyat

Endi Toshkent davlat yuridik universitetiga o`qishga kirishda tarix fani o`rniga huquqiy fanlardan imtihon olinadi

'Endi Toshkent davlat yuridik universitetiga o`qishga kirishda tarix fani o`rniga huquqiy fanlardan imtihon olinadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi “O`zbekiston Respublikasida yuridik ta`lim va fanni tubdan takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF–5987-son Farmonidan kelib chiqib, Toshkent davlat yuridik universitetiga o`qishga kirishda 2023/2024 o`quv yilidan boshlab, test sinovlarining 2-bloki, ya`ni “yurisprudensiya” bakalavriat ta`lim yo`nalishiga mos fanlar bo`yicha Tarix fani o`rniga huquqiy fanlarni kiritish masalasi universitet Kengashida ko`rib chiqildi va ma`qullandi. Bu haqda universitet rasmiy saytida xabar qilindi.

Ma`lumot uchun bugungi kunda umumiy o`rta ta`lim maktablarida 4 yil davomida yuqori sinflarda Davlat va huquq asoslari hamda Konstitusiyaviy huquq asoslari fanlari o`qitib kelinmoqda. Ushbu maktab darsliklari asosida test savollari tuziladi.

Ta`kidlanishicha, mazkur taklifning joriy etilishi bir qator ijobiy natijalarga xizmat qiladi, xususan:

maktab yoshidanoq bolalarni huquqiy fanlarni chuqur o`zlashtirishga, Konstitusiya va qonunlarni puxta o`rganishga;

umumiy o`rta ta`lim maktablarida sifatli, xalqaro standartlarga mos yuridik darsliklarning yaratilishiga;

huquqshunoslik fanlaridan ta`lim beruvchi o`qituvchilarga nisbatan qo`yiladigan talablar oshishi natijasida ularning malakasini doimiy oshirib borishi uchun mustahkam zamin yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar