Avvalroq, Angren shahrida 11 yoshli qiz "Seftriakson" dori vositasi sabab vafot etganligi haqida xabar qilingan edi.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.
Aniqlanishicha, Angren shahrida yashovchi 11 yoshli G.R. 20.10.2021 yilda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma`lumotiga ko`ra, marhum G.R.ning o`limiga qonning suyuq holatdaligi, ichki a`zolarning kam qonligi, ko`z qovoqlarining o`tuvchi pardalari, o`pka, viseral varag`i ostida, yurak epikardida mayda nuqtachalar ko`rinishidagi qon quyilishlari, bosh miya va o`pka shishi, ichki a`zolarining suvsizlanishi, anaflaktik shok, o`tkir yurak qon tomir etishmovchiligi, nafas yo`llarining yallig`lanishi, tarxeit, bronxit, ikki tomonlama o`pkalar yallig`lanishi, gastroenterokolit oqibatida yuzaga kelganligi ko`rsatib o`tilgan.
Angren shahar prokuraturasi tomonidan ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.
Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o`rnatilgan.






