AsosiyJamiyat

Surxondaryoda gaz quvuriga urilgan Damas yonib ketdi

'Surxondaryoda gaz quvuriga urilgan Damas yonib ketdi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida harakatlanish paytida boshqaruvni yo`qotib yo`l chetidagi gaz quvuriga urilgan Damas yonib ketdi.

Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 24 oktyabr kuni soat 5:40larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo`lining Sherobod tumani Qo`rg`on mahallasi hududidan o`tgan 1102-kilometrida Damas mashinasi yonib ketgan.

Sherobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limiga soat 5:40da yong`in haqida xabar kelib tushgan. Hodisa joyiga yong`in qutqaruv bo`linmasi 5:45da etib borgan. 5:56da yong`in o`chirilgan. Ammo ungacha Damas mashinasining saloni va kuzov qismi yonib ketgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Sherobod tumani Qorabog` mahallasida yashovchi 1998 yilda tug`ilgan A.M. boshqaruvida bo`lgan Damas boshqaruvni yo`qotgan. So`ng yo`l chetidagi gaz quvuriga urilib chaqnash oqibatida yonib ketgan.

Qayd etilishicha, mazkur hodisada hech kim jabrlanmagan va vafot etmagan.

    Boshqa yangiliklar