O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-2021 yillardagi Farmonlariga asosan pensiyalarning miqdori 67 marotaba oshirildi. Bu haqda pensiya jamg`armasi xabar berdi.
Pensiya jamg`armasi tizimida hisobga olingan pensiya oluvchilarning 2016 yil 1 yanvar holatiga respublika bo`yicha bir oylik o`rtacha pensiya miqdori 421 629 so`m bo`lgan bo`lsa, 2021 yil sentyabr oyida 924 780 so`mga etdi yoki o`tgan davrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlariga asosan pensiyalar miqdori 2,2 baravarga oshirildi.
Shundan, 2021 yil sentyabr oyida bir oylik o`rtacha pensiya miqdori Toshkent shahrida 1 250 992 so`mga, Navoiy viloyatida 1 176 323 so`mga, Toshkent viloyatda 1 012 617 so`mga, Buxoro viloyatida 941 411 so`mga, Sirdaryo viloyatida 936 392 so`mga, Qoraqalpog`iston Respublikasida 918 930 so`mga, Samarqand viloyatida 902 172 so`mga, Qashqadaryo viloyatida 876 728 so`mga, Xorazm viloyatida 870 800 so`mga, Surxondaryo viloyatida 850 685 so`mga, Jizzax viloyatida 848 930 so`mga, Farg`ona viloyatida 836 856 so`mga, Namangan viloyatida 802 125 so`mga va Andijon viloyatida 801 640 so`mga etdi.
2021 yil 1 oktyabr holatiga respublika bo`yicha pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 548 093 nafarni tashkil qilib umumiy aholi sonidagi ulushi 10,2 foizni tashkil qilgan holda 1991 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 1 389 098 nafarga yoki 64,3%ga ko`paygan.
Shundan, pensiya oluvchilarning umumiy soni Farg`ona viloyatida 462 204 nafarni, Samarqand viloyatida 424 501 nafarni, Andijon viloyatida 374 219 nafarni, Toshkent viloyatda 370 149 nafarni, Toshkent shahrida 354 577 nafarni, Qashqadaryo viloyatida 354 344 nafarni, Namangan viloyatida 315 113 nafarni, Surxondaryo viloyatida 275 980 nafarni, Buxoro viloyatida 241 975 nafarni, Xorazm viloyatida 219 107 nafarni, Qoraqalpog`iston Respublikasida 217 127 nafarni, Jizzax viloyatida 138 559 nafarni, Navoiy viloyatida 131 965 nafarni va Sirdaryo viloyatida 103 140 nafarni tashkil qildi.