AsosiyJamiyat

Yana 320 nafarga yaqin kishida koronavirus aniqlandi — SSV

'Yana 320 nafarga yaqin kishida koronavirus aniqlandi — SSV'ning rasmi

2021 yil 30 oktyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 185963 (+316) nafarni tashkil etmoqda. 

Sog`liqni saqlash vazirligi bergan ma`lumotga ko`ra, yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,  
  • 18 nafari Andijon viloyatida,
  • 12 nafari Buxoro viloyatida,
  • 10 nafari Jizzax viloyatida,
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 21 nafari Namangan viloyatida,
  • 21 nafari Samarqand viloyatida,
  • 11 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 24 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 16 nafari Xorazm viloyatida,
  • 68 nafari Toshkent viloyatida,
  • 103 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1323 nafarni tashkil qilgan.

Shu bilan birga pnevmoniya bilan kasallangan jami bemorlar soni 27638 nafarni tashkil qilmoqda. Kecha ularning 2 nafari sog`ayib, umumiy sog`ayganlar soni 26132 nafarga etgan.

    Boshqa yangiliklar