AsosiyJamiyat

Kunlik emlash natijalari bo`yicha Toshkent viloyati etakchi o`rinda

'Kunlik emlash natijalari bo`yicha Toshkent viloyati etakchi o`rinda'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, 30 oktyabrda O`zbekiston bo`ylab 201 894 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanilgan. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 80 980  nafarni,  
  • 2-bosqich emlanganlar 72 543 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 48 371 nafarni tashkil qilgan.

Qayd etilishicha, ayni kungacha O`zbekistonda jami 26 233 923 doza vaksinadan foydalanilgan. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 13 580 050 nafarni,
  • 2-bosqichda emlanganlar 8 444 615 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 4 209 258 nafarni tashkil qilgan.

Shu bilan birga, kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Toshkent viloyati (23 819 doza),
  • Namangan viloyati (22 714 doza),  
  • Farg`ona viloyati (22 536 doza) band qilgan.

Ma`lumotga ko`ra, kunlik emlash natijalari bo`yicha Toshkent viloyatida yana o`sish kuzatildi. Birinchi doza bilan emlanish ko`rsatkichlari jami emlanuvchilarga nisbatan 63,3 foizni tashkil qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar