Icon uy-joylarni 3D bosib chiqarish kompaniyasi Lennar qurilish kompaniyasi bilan hamkorlikda ulkan loyihani amalga oshirdi: yuzlab 3D-bosma xususiy uylardan iborat butun boshli bir tumanni yaratish.
"Dunyodagi eng katta 3D -bosma binolar bloki" sifatida tavsiflanayotgan loyiha Texasning Ostin shahrida joylashgan. Uning aniq joylashuvi haqidagi ma`lumotlar hozircha oshkor etilmagan.
Icon uylar bir qavatli yakka tartibdagi uylar bo`lishini tasdiqladi. Shuningdek, ma`lumotga ko`ra, tomlarga quyosh panellari o`rnatiladi.
Qayd etilishicha, 3D bosib chiqarish texnologiyasi uylarni an`anaviy qurilish usullariga qaraganda tezroq, ishonchli va energiya tejamkor qiladi. Ushbu texnologiya qurilish chiqindilarining kelib chiqishini kamaytiradi va ko`proq dizayn erkinligini beradi.
Shu bilan birga, uylarni 3D bosib chiqarish qurilish loyihalarining o`z vaqtida amalga oshirilishi va ish vaqtida yakunlanishini ta`minlaydi.
Eslatib o`tamiz, bundan bir muddat avval O`zbekistonda ham 3D-printerlari yordamida istalgan ko`rinishdagi inshootlar yaratilayotgani haqida xabar bergandik.