AsosiyJamiyat

Buxoroda noqonuniy ravishda qurol saqlagan fuqaro aniqlandi

'Buxoroda noqonuniy ravishda qurol saqlagan fuqaro aniqlandi'ning rasmi

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar berishicha, Peshku tumanida o`tkazilgan «Xavfsiz hudud» tezkor profilaktik tadbirlari davomida noqonuniy qurol saqlagan fuqaro aniqlangan. 

Ma`lum bo`lishicha, tumanning «Qoraqir» cho`l hududida Vobkent tumani Xalach mahallasida yashovchi, 1977 yilda tug`ilgan H.U. «GAZ 57» rusumli yuk avtomashinasining kabinasida, 1 dona 1959 yilda «Ijevsk» qurol zavodida ishlab chiqarilgan IJ-53-3 modelli o`q otish uchun yaroqli bo`lgan jangovar o`q otar qurollar turkumiga kiruvchi ov miltig`ini tegishli ruxsatnomasiz, qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar