1

Farg`onada19 yoshli yigit qaynotasi va homilador xotinini chopib tashladi

Jinoyat 31.10.2021, 17:31
Farg`onada19 yoshli yigit qaynotasi va homilador xotinini chopib tashladi

Farg`ona viloyati Buvayda tumani “Oqtepa” mahalla fuqarolar yig`inida sodir etilgan dahshatli qotillik yuz berdi. 19 yoshli yigit homilador xotini va qaynotasini chopqi bilan chopib tashladi. Bu haqda UzA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Komiljon aka hamda Dilbarxon opaning qiziga sovchi qo`ygan yigit Asror ular orzu qilgan kuyov bo`lib chiqmaydi.

Ota-onalar bo`lajak kuyov haqida turli gaplarni eshitishganidan so`ng, fotihani bekor qilishadi. Boshqasiga turmushga uzatmoqchi bo`lganida esa Asror qizga tazyiq o`tkazishni boshlaydi.  Uyiga bostirib kelib, pichoq tirab “ agar menga tegmasang, ota-onangni o`ldiraman” deya tahdid qiladi. Yaqin insonlarining hayotini afzal bilgan Odina ota-onasiga Asrorga turmushga chiqishini aytadi.

Oradan hech qancha vaqt o`tmay, ular to`ysiz, shar`iy nigoh bilan oila qurishadi. Hammasi shundan keyin boshlanadi. Kuyov arzimas bahonalar bilan Odinani urar, yosh kelinchakning ko`z ochib ko`rgani dahmaza bo`ladi xolos. Oylab ota-onasinikiga jo`natmas, har kungi janjallar, kelishmovchiliklar uni kemirib borardi. Ota-onasiga aytay desa, turmush o`rtog`i ularni o`ldirishi bilan qo`rqitardi. Kelinchak o`z dardini ichiga yutgancha, hayot shu ekanda deya yashay boshladi. Tazyiqlardan charchagan Odina hammasiga nuqta qo`yishni o`ylab qolar, ota-onasining halovati va ko`cha kuydagi gap -so`zlarni o`ylab yana shashtidan qaytardi.

Ota-ona diydorini ko`rmaganiga ikki oydan oshganida turmush o`rtog`idan uyiga borishiga ruxsat so`ragan ayol, undan yana har doimgidek yo`q javobini eshitadi. Kelinchak bu bilan qutulmaydi, Asror uni beayov kaltaklaydi. Janjallardan zerikkan Odina shundan so`ng uyiga ketib qoladi. Afsuski, uning salomatligi yomonlashib, Buvayda tuman shifoxonasiga yotqizildi. Shifokorlarning aytishicha, 14 kunlik homila qorin qismiga berilgan zarb tufayli nobud bo`lgan. Buni eshitgan Odina endi u inson bilan yashamaslikka qaror qiladi. Bu qarorini yaqinlari ham qo`llab-quvvatlashadi.  Bu ishlardan so`ng, tuman IIB holat bo`yicha tergov tekshiruvni boshlaydi. Ma`muriy huquqbuzarlik bo`yicha Asrorga sud tomonidan jazo tayinlanadi. U bundan g`azablanib, yo`liga to`g`onoq bo`layotgan qaynota va qaynotasini o`ldirishni maqsad qiladi.

Asror mudhish rejasini amalga oshirish payida Qaynotasining uyini darvozasi yo`qligi sababli ichkariga kirib chap tomondagi bitmagan xonada qulay fursatni poylay boshlaydi. Vaqt bo`lgach, qaynona-qaynotasi yashaydigan  xonaga qaraganida xona chirog`i yoniq bo`lib, uy ichida qaynotasi va bir ayol ko`rpaga o`ranib yotganini ko`radi. Ularni aynan o`ljasi ekaniga ishonch hosil qilib, qaynotasini chopqida chopa boshlaydi.

Xona burchagida uxlayotgan Odina otasining dodlagan ovozidan cho`chib uyg`onib ketdi. Boshini ko`targanida kuchli zarb urildi. Hech narsa anglay olmasdi. Faqat ko`z o`ngida otasini kimdir tinimsiz chopqilardi. Urayotgan odamga e`tibor bilan qaradi, yuzida niqob bo`lishiga qaramay bo`y basti va kiyimidan turmush o`rtog`i ekanligini bildi. Yordam so`ramoqchi bo`lib, baqirgan zahoti uni ham chopqilay ketadi.

Qaynota og`ir tan jarohati olib, ko`rsatilgan birinchi tez tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan. Odina esa shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan va shifokorlarning sa`y-harakatlari bilan uning hayoti saqlab qolingan.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning 2021 yil 26 martdagi xulosasida marhum K.I.ning bosh miya ochiq shikasti, kalla suyaklarining sinishi, miya yumshoq pardalari ostiga va miya moddasiga qon quyilishi, bosh miya lat eyishidan kelib chiqqani, ushbu jarohatlar uning o`limiga olib kelgan og`ir tan jarohat hisoblanishi ko`rsatilgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Yozyovon tuman sudi raisi Rahmatjon Arapovning ma`lum qilishicha, sudning 2021 yil 17 avgustdagi hukmi bilan Asror Ibrohimov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v», «j» bandlari (aybdorga ayon bo`lgan ojiz ahvoldagi shaxsni o`ta shafqatsizlik bilan o`ldirish) 25, 97-moddasi 2-qismi «a», «v», «j» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1