AsosiyJamiyat

Namanganda "Damas" urib ketgan piyoda shifoxonada jon berdi

'Namanganda "Damas" urib ketgan piyoda shifoxonada jon berdi'ning rasmi

Namanganda sodir bo`lgan YTH piyodaning o`limiga sabab bo`ldi.

Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Unga asosan, 2021 yil 25 oktyabr kuni Chust tumani Ko`ktosh mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan piyoda, shu hududda yashovchi, 1950 yilda tug`ilgan fuqaroni urib yuborgan. 

Natijada, piyoda chap qo`l tirsak suyagini yopiq sinishi, bosh miya ochiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilib, shu yil 26 oktyabr kuni ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. 

Ushbu holat bo`yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 27 oktyabr kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar