Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Asosiy e’tibor tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, qayta ishlash, kimyo va elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi hamda turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qaratildi.
Shuningdek, gumanitar aloqalarni rivojlantirish doirasida rektorlar forumi, kino va madaniyat kunlarini o‘zaro o‘tkazish takliflari ilgari surildi.
Yetakchilar xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak oliy darajali uchrashuvlar rejasini ko‘rib chiqdilar.






