AsosiyJamiyat

27 yil ishlab, nafaqaga chiqa olmagan keksa onaxonning muammosi Adliya bo`limi ko`magida hal etildi

'27 yil ishlab, nafaqaga chiqa olmagan keksa onaxonning muammosi Adliya bo`limi ko`magida hal etildi'ning rasmi

Yangi Marg`ilon shaharchasida istiqomat qiluvchi Zulfiyaxon opa Karimovani bolaligidan Zulxumorxon deb chaqirganlar. Ko`plar uni hozir ham Zulxumor deb biladi.

 Ular 27 yildan ko`proq turli korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borgan. Barcha ishlagan ish joyida uni Zulxumorxon deb ro`yxatga kiritishgan. Shu sababli onaxonning nafaqaga chiqishi arafasida muammoga yuzaga keladi. 

Bir nechta korxonalarga borgan Zulfiya opa hech biridan echim topmaydi. Turmush o`rtog`i bilan teleekran orqali huddi shu kabi muammo Adliya bo`limi xodimlari tomonidan hal etilganini ko`rib qoladilar. Hujjatlardagi ism bilan Pasportdagi ism ikki xil bo`lib qolgan. Adliya bo`limi muammoni hal etish uchun fuqarolik ishlari bo`yicha Marg`ilon  sudiga da`vo ariza bilan murojaat qiladi. Zulfiya opa ham endilikda nafaqa olishi mumkin.

                             Ahror Ziyo, Farg`onadan maxsus

    Boshqa yangiliklar