Tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatidagi fuqaroning 23 000 AQSh dollarini qo`lga kiritgan firibgar aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Ma`lum qilinishicha, Departamentning Samarqand tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.A. tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish istagida bo`lgan fuqaro K.ning ishonchiga kirib, unga “Daxbet suv inshooti” korxonasiga qarashli 0,21 gektar er maydonini o`ziga tegishli ekanligini aytib, ushbu joyda ishlab chiqarish sexi qurish uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 23 100 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlanib, shundan 1 500 AQSh dollarini ixtiyoriy ravishda qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






