1

Bolalar pnevmoniyaga chalinmasligi uchun nimalarga e`tibor berishi lozimligi aytildi

Salomatlik 01.11.2021, 11:39
Bolalar pnevmoniyaga chalinmasligi uchun nimalarga e`tibor berishi lozimligi aytildi

SSV Matbuot xizmati ushbu savol bilan Sog`liqni saqlash vazirligi bolalar bosh pulmonologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Furqat ShAMSIEVga murojaat qildi.

— Avvalambor, ota-onalar nafaqat pnevmoniya, balki, bronx-o`pka kasalliklarining oldini olishga e`tibor karatishlari kerak. Ushbu chora-tadbirlar barcha bronx-o`pka kasalliklaridan himoyalanishga katta yordam beradi.

Jumladan:

-gigienik qonun-qoidalarga rioya qilish va buni farzandlarga ham o`rgatish, qo`lni sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan muntazam ravishda dezinfeksiya qilish;

-yuzni qo`l bilan ushlamaslik;

-xonalarni doimiy ravishda shamollatib turish;

- bolalarga yo`talganda yoki aksa urganda og`iz va burunni salfetka yoki tirsak bilan yopishni o`rgatish;

- farzandlarga kasal bo`lgan bolalar oldiga yaqin kelmaslikni uqtirish;

- himoya niqoblaridan foydalanishni o`rgatish;

- farzandlar kasal bo`lib qolsa, bog`cha yoki maktabga yubormasliklari lozim.

Shuningdek, bolaning to`g`ri va rasional ovqatlanishi, surunkali infeksiya o`choqlarini bartaraf etish va chiniqtirish turli xil kasalliklarning oldini olishga katta yordam beradi.  

Bolaga qo`shimcha D vitaminining suvli eritmasi (Akvadetrim), askorbin kislotasi, immunosink va selen moddalari, kamqonlikni davolash maqsadida temir preparatlari tavsiya etilsa, nafas yo`llari kasalliklariga qarshi kurashish kuchini oshirishga yordam beradi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1