1

Uychi tumanida fermer xo`jaligiga tegishli bo`lgan er maydonini sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

Jinoyat 01.11.2021, 12:31
Uychi tumanida fermer xo`jaligiga tegishli bo`lgan er maydonini sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tuman bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, fuqaro M.R. Chortoq tumanidagi “W.” fermer xo`jaligiga qarashli er maydonining 8 gektarini fuqaro B.ga 17 000 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali olib berishni va`da qilib, 5 000 AQSh dollari va 53,7 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1