Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Xorazm viloyati filiali tomonidan Urganch shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida xorijda ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun Rossiya Federasiyasining «StroyKraft» va «Reneyssans Xevi Indastris» kompaniyalarida ventilyasiya tizimini o`rnatish, chilangar, elektr payvandchi, elektrik, bezakchi, yordamchi ishchi va santexnik kabi yo`nalishlarda bo`sh ish o`rinlari bo`yicha tanlov o`tkazilmoqda.
Qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federasiyasiga jalb qilish bo`yicha pilot loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlovda nomzodlar kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko`ra suhbat asosida ish beruvchi vakillari tomonidan tanlab olinmoqda.






