1

Abu-Dabida xalqaro qidiruvdagi o`zbekistonlik fuqaro qo`lga olindi

Jinoyat 02.11.2021, 10:41
Abu-Dabida xalqaro qidiruvdagi o`zbekistonlik fuqaro qo`lga olindi

Interpolning O`zbekiston Respublikasidagi milliy markaziy byurosi tomonidan xalqaro qidiruvda bo`lgan shaxs Birlashgan Arab Amirliklarida qo`lga olindi.

Ma`lum bo`lishicha, ushbu shaxs 1972 yilda O`zbekistonda tug`ilgan. Fuqaro S.M. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155, 161, 242 va 244-moddalarida nazarda tutilgan og`ir va o`ta og`ir jinoyatlarni sodir etilgan. Shu bois O`zbekiston Respublikasi huquq tartibot organlari tomonidan 2006 yildan beri xalqaro qidiruvda bo`lgan edi.

Dastavval, olingan materiallar asosida ushbu shaxsning taxminiy joylashuvi haqidagi ma`lumot Interpolning Bosh Kotibiyatiga yuborilgan edi. 

Fuqaro S.M. 2006 yildan boshlab AQSh hududida yashirinib yurganligi aniqlangan. 2021 yilning sentyabr oyida Vashington milliy markaziy byurosi tomonidan fuqaro S.M. QShhududini tark etganligi to`g`risida ma`lumot kelib tushgan.

Interpolning O`zbekiston Respublikasidagi milliy markaziy byurosi va Birlashgan Arab Amirliklari Abu-Dabi Interpoli xodimlarining hamkorlikdagi tezkor qidiruv tadbiri natijasida fuqaro S.M. Abu-Dabiga etib kelgan kunidan besh kun o`tib qo`lga olingan. Hozirda uni O`zbekistonga ekstradisiya qilish choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1