AsosiyJinoyat

Namanganda 16 yoshli usmir "Damas" avtomashinasini olib kochdi

Afsuski avtomashinlar olib kochish bilan boglik jinoyatlarning aksariyati avtomashina kali...

'Namanganda 16 yoshli usmir "Damas" avtomashinasini olib kochdi'ning rasmi

Afsuski avtomashinlar olib kochish bilan boglik jinoyatlarning aksariyati avtomashina kalitini transport vositasining o`zida qoldirish oqibatida ro`y bermokda. To`raqo`rg`onda ham ana shunday hodisa yuz berdi.

Gap shundaki, tumandagi “Hamid Olimjon” maxallasida yashovchi Zokirjon Abdullaev 2021 yil 13 oktyabr kuni soat 10-30 dan 16-30 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida "Damas" avtomashinasini xonadoni oldida, kalitini avtomashinasida qoldirib, o`zi yashash xonadoniga kirib ketadi. Qaytib chiqqan vaqtida esa Damas, o`z o`rnida yo`q bulgan. Fuqaro darhol tuman Ichki ishlar bo`limiga murojaat qilib transport vositasini topishda amaliy yordam so`raydi. To`raqo`rg`on tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atiladi. Dastlabki tergov va tezkor-qidiruv ishlari davomida To`raqo`rg`on tumani, Chustko`prik MFY dagi ikkinchi darajali yo`lda turgani aniqlangan. Avtomashina  ko`zdan kechirilib, biror mulk o`g`irlanmagani, shikast etmagani aniqlangan va tilxat asosida egasiga qaytarilgan. 

Namangan viloyat IIB Eksport krminalistika bulimining   daktiloskapik ekspertiza xulosasiga ko`ra, olingan uch dona qo`l barmoq izlari shaxsni identifikasiya qilish uchun yaroqli ekanligi va izlar 2005 yilda tug`ilgan voyaga etmagan shaxs tegishli ekanligini kursatgan.

Gap shundaki, velosiped uchib yurgan o`smir eshiklari ochiq qolgan damasni kaliti o`zida turganini ko`rib, boshqarib ko`rgisi keladi va o`t oldirib boshi oqqan tomonga haydab borganini aytgan.

Turakurg`on tuman IIB tergov bulimi tergovchisi Abdulbori Xudoyberdievning aytishicha, tergov harkatlari buyicha tuplangan hujjatlar  yakuni buyicha jinoyat ishi Uzbekiston Repsublikasi  jinoyat prossesual kodeksining  381 moddasi tartibida jinoyat ishlari buyicha Turakurg`on tuman sudiga yuborilgan.

                                                                      Umida QO`ShOQOVA, Namangan viloyatidan maxsus

    Boshqa yangiliklar