1

Chilonzor tumanida 8000 donadan ziyod psixotrop dorilarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Jinoyat 02.11.2021, 13:00
Chilonzor tumanida 8000 donadan ziyod psixotrop dorilarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda Chilonzor tumanida o`tkazilgan tadbir davomida “Lasetti” avtomashinasi tezkor kuzatuvga olindi.

Kuzatuv davomida fuqaro M.M. ushbu avtomashinaga o`tirib, uning ichidagi haydovchi T.U.ga hech qanday hujjatlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 158 dona “Tropikamid” va 7504 dona “Regapen pregabalin” nomli dori vositalarini 45 mln. so`mga qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida qo`lga olindi. Shundan so`ng, haydovchining o`zi va avtoulovi ko`zdan kechirilganida, uning yonidan 1 dona “snup” yozuvli rangsiz suyuqlik, avtomashina salonida esa 1 dona rangsiz suyuqlik borligi aniqlandi.

Tadbir davom ettirilib, fuqaro T.U.ning Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan xonadoni ham ko`zdan kechirilganida, uning mehmonxona va yotoqxonasida karton qutilar va paketlarga solingan, hech qanday hujjatlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 1492 dona “Tropikamid”, 778 dona “Regapen pregabalin”, 5617 dona “Selofen zaleplon” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

O`tkazilgan mazkur tezkor tadbirlar yakunida umumiy qiymati 619 mln 850 ming so`mlik kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari hamda  mazkur jinoyatga aloqador 94 mln 50 ming so`m pullar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1