AsosiyJamiyat

“Dolzarb 40 kunlik”da har bir rahbar har kuni soat 7 dan 10 gacha daraxt ekadi – Prezident

'“Dolzarb 40 kunlik”da har bir rahbar har kuni soat 7 dan 10 gacha daraxt ekadi – Prezident'ning rasmi

Bugungi videoselektor yig`ilishining kun tartibidagi ikkinchi masala – shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida, “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik ko`rgan holda boshlash masalasi bo`ldi.

“Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning ma`lum qilishicha, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko`chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlar amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshiriladi.

Ekilgan daraxtlarga kim mas`ul bo`ladi?

Amalda ushbu maydonlar egasi aniq bo`lmagani sababli daraxt ekilgani bilan, uni parvarishlash, sug`orish ishlari olib borilmayapti. Shuning uchun ushbu ekish ishlarini to`g`ri tashkil qilish uchun, birinchi navbatda mavjud va yangidan barpo etiladigan yashil maydonlar hududining egasi – tuman (shahar) hokimi qarori bilan belgilab beriladi. Biriktirilgan mas`ullar mavjud daraxtlarni parvarishlash bilan birga, ushbu hududni obod holda saqlash uchun ham javob beradi”, - dedi Shavkat Mirziyoev. 

“Dolzarb 40 kunlik”

Bundan buyon, ekologiya, daraxt ekish va parvarishlash masalalariga shahar hokimining qurilish bo`yicha o`rinbosari mas`ul bo`ladi.

Bugundan boshlab 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo`yicha “dolzarb 40 kunlik” e`lon qilinadi.

Mavzuga doir:

Yangi uy-joy narxlarini 30 foizga arzonlashtirish, subsidiyalar, ijtimoiy to`lovlar tizimini qanday tashkillashtirish tushuntirildi

    Boshqa yangiliklar