16 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahri “Guliston” mahallasida yashovchi, D.Zulayho shahar IIBga firibgarlik ishi yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Fuqaro o`z arizasida 17 avgust kuni tanishi Sariosiyo tumanida yashovchi, A.Aliyor, unga “Termiz shahrida qurilayotgan ko`p qavatli uylardan uy-joy olib berishini” va`da qilib, shaharning “Guliston” mahallasi hududida undan 1.700 AQSh dollari va 5.500.000 so`m pulini olganini bildirgan.
Arizaga ko`ra, fuqaro A.Aliyor bergan va`dasini bajarmasdan ushbu pullarni o`zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
16 oktyabr kuni A.Aliyorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






