6 noyabr kuni “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanidagi “ECOBOZOR” savdo majmuasida nogironligi bo`lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar III Respublika savdo yarmarkasi o`tkaziladi.
Yarmarka doirasida “ECOBOZOR”da maxsus savdo rastalari tashkil etiladi.
Unda o`z uylarida turli xil buyum va mahsulotlar tayyorlash bilan shug`ullanadigan, biroq ularni sotishda qiyinchiliklarga uchrayotgan nogironligi bo`lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar sotiladi.
Yarmarka soat 17:00 gacha davom etadi.
Tadbir doirasida sayyor qabullar va taniqli san`atkorlar ishtirokida ko`ngilochar tadbirlar o`tkaziladi.






