AsosiyJamiyat

Soliq sohasida yangi nizom tasdiqlandi

'Soliq sohasida yangi nizom tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Soliq to`lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo`yicha xulosa berish huquqiga ega bo`lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari ro`yxatini yuritish va soliq to`lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

 Nizomga ko`ra, quyidagi soliq maslahatchilari tashkilotlari ro`yxatga kiritiladi:

  • tashkil etilganidan boshlab bir yildan ortiq muddat davomida faoliyat olib borayotgan tashkilotlar;
  • shtatida kamida bir yillik soliq maslahatchisi stajiga ega bo`lgan soliq maslahatchilari mavjud bo`lgan tashkilotlar.

Mazkur soliq maslahatchilari tashkilotlari soliq to`lovchilar ixtiyoriy tugatilganda ularga soliqlar bo`yicha xulosa beruvchi soliq maslahatchilari tashkilotlari sifatida ro`yxatga kiritilishini so`rab O`zbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga (Palata) murojaat qiladi.  

Palata murojaatni 3 ish kunida o`rganib chiqadi.  

Palata tomonidan soliq maslahatchilari tashkilotlarini ro`yxatga kiritish to`g`risida xulosa qabul qilinganda shu asosda ularning ro`yxati shakllantiriladi.  

 Nizomga ko`ra shuningdek, Davlat soliq qo`mitasiga DXMdan ixtiyoriy tugatish jarayonida turgan soliq to`lovchilar haqida tushgan ma`lumotlar shu kunning o`zida dastur orqali o`rganib chiqiladi.  

 Har 10 kunlik ma`lumotlar umumlashtirilgan holda soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin bo`lgan soliq to`lovchilar ro`yxati shakllantiriladi.

Yillik aylanmasi oxirgi uch yil mobaynida 1 mlrd so`mgacha bo`lgan soliq to`lovchilar (tavakkalchilik darajasi yuqori bo`lgan soliq to`lovchilar bundan mustasno) soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin bo`lgan soliq to`lovchilar ro`yxatiga kiritiladi.  

 Soliq to`lovchilarga soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatish to`g`risidagi xulosa shartnoma tuzilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay taqdim etilishi lozim.  

    Boshqa yangiliklar