AsosiyJamiyat

“Renessans” telekanali iqtidorli boshlovchilar tanlovini e`lon qildi

'“Renessans” telekanali iqtidorli boshlovchilar tanlovini e`lon qildi'ning rasmi

O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan shu yilning 10 noyabrigacha “Renessans” telekanalining axborot dasturlari uchun  iqtidorli boshlovchilar tanlovi o`tkazilmoqda.

Tanlovda 20 yoshdan 35 yoshgacha bo`lgan diktorlik qobiliyatiga ega oliy ma`lumotli jurnalist  yigit-qizlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda qatnashchilarning ravon nutq va diktorlik qobiliyatiga ega bo`lishi alohida e`tiborga olinadi. Tanlovda eng yuqori ball to`plaganlar “Renessans” telekanaliga ishga qabul qilinadi. Oylik maoshi shtat jadvalida belgilangan tartibda to`lanadi.

Shuningdek, “Renessans” telekanaliga ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma`rifiy, ommabop teleko`rsatuvlar tayyorlash uchun jurnalistika sohasida ish stajiga va tajribaga ega yaxshi muharrirlar ishga olinadi. 

MANZIL: Yoshlar ijod saroyi, 2- qavat. Mo`ljal: Mustaqillik metrosi bekati.

O`zingiz haqingizda to`liq ma`lumotlar bilan +998 94 629 39 30 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar